Joriy yilning yanvar-iyul oylarida viloyatning eksportyorlar soni 384 tani tashkil etib, ular tomonidan 326,7 mln.AQSh.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta`minlandi. Bu ko’rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga ko‘paygan.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 98,0 % ni tashkil etib, ular Sanoat tovarlari (57,6 %), Xar-xil tayyor mahsulotlar (22,7 %) va Oziq ovqat mahsulotlari (12,8 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.