Namangan viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyul oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 9 738,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan 15,1 % ga ko‘paygan. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 850,9 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 8 trln. 887,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Namangan shahri 44,1 % yoki 4 298,6 mlrd. so‘mni, eng quyi ulushni Mingbuloq tumani 2,9 % ulush bilan 278,5 mlrd.so‘mni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 mln. 306 ming 500 so‘mdan to’g’ri kelib, 2021- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan 12,6 % ga ko‘paygan.