09/09/2022

Tumanda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va uni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib borilishi, o‘z navbatida kichik biznes subyektlari tomonidan sanoat mahsulotlari va xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish hajmining doimiy o‘sib borishiga sabab bo‘lmoqda.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 172,6 mlrd. so‘m bo‘lib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 10,3 % ni tashkil etgan. Shuningdek, ushbu davrda kichik biznes subyektlarining xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 33,3 % ni tashkil etgan.

2022- yil yanvar-iyun oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7105,5 ming so‘mni va xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 1897,2 ming so‘mni tashkil etgan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,1 ni, shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xalq iste’moli tovarlarining o‘sish sur’ati 131,2 foizga ortdi.