2022-yilning yanvar-iyul oylarida transport xizmatlari hajmi 1 trln. 373,5 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2021- yilning shu davriga nisbatan 109,6 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 17,1 % ni tashkil etgan.
Turlari bo‘yicha transport xizmatlarining tarkibi e’tibor qartadigan bo’lsak, avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 91,7 %ni, Omborxona va yordamchi transport xizmatlari – 8,0 %ni va Pochta va kuryerlik xizmatlari 0,3 %ni tashkil etgan. Ma’lumot o’rnida, 2022- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 trln. 21,8 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan 1 trln 583,6 mlrd. so‘mga oshgan.