13/09/2022

Tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra 23 740 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 800 taga oshgan. Faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 22 628 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2021 yilning shu davriga nisbatan 2 360 taga yoki 1,1 martaga oshganligini ko‘rish mumkin. 2022- yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 2 800 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 145 taga yoki 95,1 foizni tashkil etgan.