Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yil yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 8 245,2 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 118,2 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, 2022-yil yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan makaron maxsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori ulush Toshkent shahri hissasiga (95,2 %) toʻgʻri kelib, ishlab chiqarish hajmi 7 849,6 tonnani tashkil etdi.