14/09/2022

2022- yilning yanvar-iyul oylarida avtomobillar va yengil avtomashinalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar hajmi 1 934,6 mlrd so‘m tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 107,3 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida avtomobillarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahri (26,3 foiz), Toshkent (13,7 foiz), Andijon (9,3 foiz), Qashqadaryo (8,4 foiz), Farg‘ona (7,7 foiz) va Samarqand (7,3 foiz) viloyatlari kabi hududlarga to‘g‘ri keldi.

arenda_avtomobilya_bez_voditelya-1

Avtomobillar va yengil avtomashinalarni ijaraga berish uchun ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmida hududlarning ulushi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2,5 %;

Andijon – 9,3 %;

Buxoro – 5,8 %;

Jizzax - 2,7 %;

Qashqadaryo – 8,4 %;

Navoiy - 2,8 %;

Namangan – 4,9 %;

Samarqand – 7,3 %;

Surxondaryo – 5,3 %;

Sirdaryo – 0,9 %;

Toshkent – 13,7 %;

Farg‘ona – 7,7 %;

Xorazm – 2,4 %;

Toshkent shahri – 26,3 %.