2022- yilning 1- sentabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 95 761 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (565 982 ta) 16,9 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 94 854 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha joylashdi:
Toshkent shahrida – 16 419 ta
Farg‘ona viloyatida – 10 591 ta
Andijon viloyatida – 9 748 ta
Toshkent viloyatida – 9 640 ta
Samarqand viloyatida – 8 576 ta
Namangan viloyatida – 7 553 ta
Qashqadaryo viloyatida – 5 338 ta
Buxoro viloyatida – 4 970 ta
Surxondaryo viloyada – 4 756 ta
Xorazm viloyatida – 4 671 ta
Jizzax viloyatida – 3 936 ta
Navoiy viloyatida – 3 860 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 434 ta
Sirdaryo viloyatida – 2 269 ta