09/09/2022

Joriy yilning 9- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 17.08.2022-yilda “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” O’RQ-790-son Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi. 

Yig‘ilish davomida favqulodda vaziyatlar davlat tizimining rejimlari, kundalik rejimining asosiy tadbirlari, yuqori tayyorgarlik rejimining asosiy tadbirlari, favqulodda vaziyat rejimining asosiy tadbirlari, aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash borasida ham tushunchalar berib o‘tdi.

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.