2022- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati 62,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,5 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 ming tonnaga kamaygan.
2022- yilning 8 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
Tojikiston – 625 ming tonna
Qirgʻiz R. – 458 ming tonna
Qozogʻiston – 409 ming tonna
Turkmaniston – 11,5 ming tonna
Eron – 9,8 ming tonna
Xitoy – 1,4 ming tonna
Rossiya – 850 tonna