2022- yil oktabr oyida taqdim etish lozim boʼlgan hisobotni muddatidan kechiktirmay taqdim eting.
№ |
Hisobot shakli |
Hisobot mazmuni |
davriyligi |
Taqdim etish muddati |
1
|
12-korxona shakli |
Tаshkilotning fаoliyati toʼgʼrisidа |
oylik |
hisobot davrining 5-sanasidan kechiktirmay |
2 |
4- mehnat shakli |
Mehnat hisoboti |
choraklik |
hisobot davrining 5- sanasidan kechiktirmay
|
3 |
12-moliya |
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʼgʼrisida hisobot” |
oylik |
hisobot davrining 18-sanasidan kechiktirmay |
4 | 4-qx (tashkilot) shakli | Qishloq xo‘jaligi faoliyati toʼgʼrisidа | choraklik |
hisobot davrining 5-sanasidan kechiktirmay |
5 |
4-korxona(miz) (12-korxona shakliga ilova) |
mahsus iqtisodiy zo'na, Kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo'lgan korxonalar va klasterlar faoliyati toʼgʼrisida | choraklik |
hisobot davrining 20-sanasidan kechiktirmay |
Barcha turdagi davlat statistika hisobotlari toʼliq elektron shaklda qabul qilinadi.
Elektron raqamli imzoga ega boʼlmagan yoki ERI kalitning amal qilish muddatlari tugagan subyektlar zudlik bilan elektron raqamli imzoni olishlari yoki muddatlarini yangilashlari lozim, aks xolda Davlat Statistika hisobotlarini oʼz vaqtida belgilangan muddatlarda topshirish imkoniyati boʼlmaydi, bu oʼz navbatida amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi. Yaʼni mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʼlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʼrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi.
Internet tarmogʼi vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron koʼrinishda yigʼish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Hisobotni taqdim etishda yuzaga keladigan muammolalar boʼyicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: (0369) 227-82-57
Namangan shahar statistika bo'limi