26/09/2022

Joriy yilning 26- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O’zbekiston Respublikasining 16.03.2020-yildagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi  O’RQ-611-son mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish iahlari olib borildi.

Tadbirda jamiyat direktori Sh. Xamroho‘jayev bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib o‘tib, O’zbekiston Respublikasining 16.03.2020-yildagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi  O’RQ-611-son Qonuni to‘g‘risida ma’lumot va tushunchalar berish uchun so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayevga berdi.

B.Ismatullayevga so‘zga chiqib, unda dastlab “Aholini ro‘yxatga olish ‘g‘risida”gi Qonunga to‘xtalib, Qonunning maqsadi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti yig‘ilish davomida aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari, prinsiplari, Vazirlar Mahkamasining bu sohadagi vakolatlari, ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi haqida ham tushunslar berib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.