Joriy yilning 23- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O‘zbekiston Respublikasining 19.09.2022-yilda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida O’RQ-791-son Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 19.09.2022- yildagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya muasssalalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 510-son Qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.