01/07/2022

Joriy yilning 1- iyul kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev 

O‘zbekiston Respublikasining 11.09.2017-yildagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi”gi O‘RQ-445-son va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2022-yildagi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berishga doir davlat xizmati ko‘rsatish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-282-son Qarorlarining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi. 

Seminar qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.