26/08/2022

Joriy yilning 26- avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev 2022-yil avgust oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022-yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-198-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi. 

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.