21/09/2022

Joriy yilning 21- sentabr kuni Chortoq tumani “Zafar Diyor” mahallasida Namangan viloyat statistika boshqarmasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev va boshqarma bo‘limi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida” OʻRQ-611- son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” O’RQ-707- son Qonunlarining mazmun-mohiyatini yoritish borasida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

Aholini ro‘yhatga olish jarayonlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra har 10 yilda  amalga oshirib borilishi alohida ta’kidlandi.

“Zafar Diyor” mahalla faollari tomonidan mavzuga oid berilgan barcha savollarga Namangan viloyat statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan javob berib o‘tildi.