Joriy yilning 30- sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev 2022-yil sentabr oyi davomida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.09.2022-yildagi “Ipoteka kreditidan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-377-sonli Qarorinining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.