30/09/2022

2022- yilning  yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.

2022- yilning 8 oyida Oʻzbekiston  qalampir mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 4,4 ming tonna

         Qirgʻiz R. – 866 tonna

         Rossiya – 599 tonna

         AQSH – 219,4 tonna

         Germaniya – 161 tonna

Xorijga eng koʻp qalampir eksport qilgan hududlar:

Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna

         Fargʻona viloyati – 1,2 ming tonna

         Jizzax viloyati – 777 tonna

photo_2022-09-24_10-00-04a