Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6173,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021-yilning mos davriga nisbatan o‘sish 119,2 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 56,5 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Namangan shahriga to‘g‘ri kelib 39,5 % ni, shuningdek, Chust tumani 11,7 % ni, To‘raqo‘rg‘on tumani 9,6 % ni, Kosonsoy tumani 8,1 % , Namangan tumani 7,3 % ni tashkil etdi