07/10/2022

2022- yil yanvar–avgust oylari yakuniga ko‘ra, Namangan viloyati chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm  10 trln. 317,3 mlrd.so‘m ni tashkil etib, 2021- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 12,0 % ga ko‘paygan. Jami chakana savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 91,4 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda Uychi (99,1 %) Kosonsoy (98,8 %), Yangiqorg‘on (97,6 %) , Chortoq (97,2 %) tumanlarida yuqori bo‘lgan.