07/10/2022

Joriy yilning 7- oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasining 03.08.2022-yildagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” O’RQ-788-son Qonunining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi. 

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.