10/10/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha 34 464 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan boʻlib, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.

Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni boʻyicha eng koʻp Toshkent shahri (4 433 ta) va Fargʻona viloyatida (3 979 ta) qayd etilgan boʻlsa, har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni boʻyicha Toshkent shahri (2,0 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.

Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:

Qoraqalpogʻiston R. – 1 554 ta

Andijon – 3 673 ta

Buxoro – 1 986 ta

Jizzax – 1 231 ta

Qashqadaryo – 2 731 ta

Navoiy – 1 060 ta

Namangan – 3 250 ta 

Samarqand – 3 799 ta

Surxondaryo – 2 075 ta

Sirdaryo – 1 337 ta

Toshkent – 3 845 ta

Fargʻona – 3 979 ta 

Xorazm – 1 511 ta

Toshkent sh. – 4 433 ta

hgf_d_850