Joriy yilning 10- oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari B. Xoliqov hamda Chust tuman statistika bo‘limi narx registratori B. Muminjonov ishtirokida 5-narx (iste'mol) oylik kuzatuvlari bevosita joyiga chiqqan holda o'tkazildi.
5-narx (iste'mol) oylik kuzatuvlarni zamonaviy texnologiya(planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va nooziq-ovqat maxsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi. Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘inbosari tomonidan narx registratoriga kerakli tavfsiyalar berildi.
Axborot xizmati