Joriy yilning 10-oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasiga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasidan aholini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlari - Belarus Respublikasining Milliy statistika qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Janna Vasilevskaya, Demografiya statistikasi va aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi boshlig‘i Irina Bichan, Axborot texnologiyalari markazining axborot tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Vecheslav Provolotskiy va Bresk viloyati statistika bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Natalya Tomoshevalar tashrif buyurishdi.
Uchrashuvda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Z. Ziyayev, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari K. Inomxodjayev, A. Toshpo‘latov va Sh. Akramovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad registratorlar ish faoliyati natijalaridan kelib chiqib, hududlarni ro‘yxatga olish uchastkalariga bo‘lish va aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rganish hamda respublikamizda uni qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kun tartibiga muvofiq, aholini ro‘yxatga olishning elektron savolnomalarini to‘ldirish hamda yakuniy ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha Belarus tajribasi o‘rganiladi.
Uchrashuvlar 14 oktabrga qadar davom etadi.
Matbuot xizmati