2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston qiymati qariyb 760,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 mln. tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
meva va rezavorlar – 257 ming tonna
quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna
sabzavotlar – 657 ming tonna
piyoz – 171 ming tonna
karam – 131 ming tonna
pomidor – 60 ming tonna
uzum – 126 ming tonna
mayiz – 53,4 ming tonna
yeryongʻoq – 13,4 ming tonna
tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna