Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1-oktabr holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 35 821,0 ming kishini tashkil etgan.
Aholi eng koʻp istiqomat qiladigan 10 ta tuman va shaharlar:
- Namangan shahri – 673,8 ming kishi
- Samarqand shahri – 570,4 ming kishi
- Urgut tumani – 541,7 ming kishi
- Andijon shahri – 465,7 ming kishi
- Denov tumani – 407,1 ming kishi
- Olmazor tumani – 392,4 ming kishi
- Pastdargʻom tumani – 372,9 ming kishi
- Yunusobod tumani – 364,8 ming kishi
- Shayhontohur tumani – 358,9 ming kishi
- Asaka tumani – 345,5 ming kishi