Joriy yilning 14- oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5.10.2022- yildagi “Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda sotib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 568-son hamda 7.10.2022- yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”582-son qarorinining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.