17/10/2022

2022-yil 11–13- oktabr kunlari Belgiyaning Bryussel shahrida Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining Yevropa Iqtisodiy komissiyasining statistika bo‘limi tomonidan kadrlar resurslarini boshqarish va o‘qitish bo‘yicha xalqaro seminar tashkil etildi.

photo_2022-10-17_11-52-52

Ushbu seminar Yevropa statistika konferensiyasining 2022-yilgi ish dasturi doirasida tashkil qilindi. Seminarda kadrlar resurslarini boshqarish va o’z tashkilotlarida ularni o‘qitish uchun mas’ul bo'lgan rahbar-xodimlar uchun mo‘ljallangan.

photo_2022-10-17_11-58-53

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Kadrlar boshqarmasi boshlig’i Talipova Zulxumor Normatovna ishtirok etdi.

Seminar kun tartibidan “Kelajak ishchilari” hamda “Ish beruvchilar, boshqaruvchilar va kelajak rahbarlari” mavzulari o‘rin oldi.

photo_2022-10-17_11-48-07

Matbuot xizmati