2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami 1776 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirilgan bo`lib, ularning yarmidan ortig‘i, aniqrog‘i 51,6 % i rekonstruksiya natijasida ishga tushirilib, qolgan 48,4 % i yangitdan qurildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 449,2 mlrd. so‘m investitsiyalardan foydalanildi.