2022- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy qiymati 46,2 mlrd. so‘mga teng jami 1776 o‘ringa mo‘ljallangan 15 ta maktabgacha ta’lim muassasalari ishga tushirildi.
Joriy yilda ishga tushirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining 77,4 % i yoki 1376 o‘ringa mo‘ljallangan qismi qishloq joylarda foydalanishga topshirildi.