20/10/2022

Oʻzbekistonga 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekistonga mobil telefonlar importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan.

Oʻzbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 1,6 mln. dona

 BAA – 247,4 ming  dona

 Vyetnam – 156,5 ming dona

 Hindiston – 153,8 ming dona

 Qozogʻiston – 25,4 ming dona

 Koreya – 2,1 ming dona

photo_2022-10-19_09-45-05