Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-sentabr holatiga ko‘ra Namangan viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,7 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 28,4 %;
- ikki bolalilar 21,6 %;
- uch bolalilar 18,9 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 7,8 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 23,3 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.