21/10/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 29 trln. 045,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,2 % ga o‘sdi.

- YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga narxlarga nisbatan 113,5 % ni tashkil qildi.

- Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 9 mln. 828,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4,9 % ga yuqoridir.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,6 % ga yetdi.

Axborot xizmati