Joriy yilning 21- oktabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev va Kadrlar bo'limi boshlig‘i M. Asraqulovlar Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.10.2022- yildagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 595-son qarorinining mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi.
Shuningdek tadbirda Kadrlar bo'limi boshlig‘i M. Asraqulov davlat statistika organlari davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatig oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga bog'liq masalalarni ko‘rib chiqish ishlarini tartibga solish hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 21-oktabrdagi 75- sonli buyrug‘i va Viloyat statistika boshqarmasining 2022- yil 25- oktabrdagi 124-F sonli buyrug'i tasdiqlangani haqida ma'lumotlar berdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.