28/10/2022

Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik biznes subyektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 186,7 million AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 42,8 % ini tashkil etdi.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jami eksportdagi ulushi, % da;

-Chortoq – 100%,
-Yangiqo‘rg‘on – 100%,
-Norin – 91,8%,
-Pop – 64,8%, 
-Namangan sh – 60,2%,
-Uychi – 47,9%,
-Namangan – 39,7%,
-To‘raqo‘rg‘on – 36,6%,
-Kosonsoy – 25,2%,
-Chust – 21,3%,
-Mingbuloq – 17,4% 
- Uchqo‘rg‘on –11,1% ni tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, Namangan viloyatida yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami eksportdagi ulushi;

2022- yil- 42,8%,

2021- yil - 51,3%,

2020- yil - 65,8% ni tashkil etdi.

Axborot xizmati