31/10/2022

Namangan viloyatida 2022- yil 1-oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 400,4 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 9,0 kishiga ortgan.

Hududlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan shahrida 4492,0 kishi, Namangan tumanida 935,5 kishi, To‘raqo‘rg‘on tumanida 881,1 kishi, Norin tumanida 817,1 kishi, Uychi tumanida 752,7 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Pop tumanida 79,1 kishi, Chust tumanida 296,0 kishi, Kosonsoy tumanida 425,6 kishini tashkil etgan.