Namangan viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar 10 trln. 264,5 mlrd. so‘mni tashkil qilib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 %ni tashkil etdi.
Asosiy kapitalga investitsiyalar umumiy hajmida eng katta ulush 33,5 % bilan ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, turar joy qurilishi 13,2 %ni ulgurji va chakana savdo 2,2 % ni hamda Qishloq xo‘jaligi 7,0 % hissasiga to‘g‘ri kelgan.