2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyati korxonalari tomonidan 12 trln. 712,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 109,1 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 80,1 % ni tashkil etdi.