02/11/2022

Viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mazkur dastur doirasida kiritilgan 139 ta loyiha bo‘yicha 853,8 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan 9,7 mln. AQSH dollari miqdorida eksport qilindi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 1 142 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda yangi tashkil etilgan ish o‘rinlari soni 1,7 marta ko‘payganligi kuzatildi.