03/11/2022

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmi 18 trln. 713,2 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,8 % ni tashkil etgan. Shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 17 trln. 389,6 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 1 280,1mlrd. so‘mni va baliqchilik xo‘jaligi 43,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Namangan viloyatining ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.