03/11/2022

2022- yilning yanvar – sentabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 3 trln. 344,6 mlrd. so‘mni yoki 2021 yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 53,4 % ni tashkil qildi. Ma’lumot o’rnida 9 oyda 468 ming tonna donli ekinlar, 613,1 ming tonna sabzavotlar, 256,7 ming tonna kartoshka, 65,2 ming tonna poliz mahsulotlari va 218,4 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.