04/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 ming 356,1 tonna baliq mahsulotlari ovlangan bo’lib, bu ko’rsatlich 2021 yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 57,9 % ga ko‘paygan. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliqlar umumiy hajmidan 68,7 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini takidlash lozim. Hududlar kesimida eng ko’p ovloangan baliq Pop tumanida 1 ming 560,6 tonna, Mingbuloq tumanida 517,1 tonna, Chust tumanida, 378,6 tonna, eng kam ko’rsatkich Yangiqo’rg’on tumani 5,7 tonnani tashkil etmoqda.