04/11/2022

2022- yil yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi 212,7 mln.AQSh dollarini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 15,7 mln.AQSh dollariga ko’paygan. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 27,9 mln.AQSh dollarini, import hajmi esa 184,8 mln.AQSh dollarini tashkil etgan. Ma’lumot o’rnida, Namangan viloyati o’tgan 9 oyda 70 dan ortiq davlatlar bilan tashqi savdo aloqlarini amalga oshirgan bo’lib, Viloyat tashqi savdo aylanmasidagi Xitoy respublikasining ulushi 22,6 % bilan Rossiya davlatidan keying o’rinni egallagan.