2022- yilning yanvar-sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 8 trln. 63,4 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 132,1 ming t. go‘sht (2021- yilning yanvar – sentabriga nisbatan 7,2 % ga ko‘p), 577,9 ming t. sut (1,7 % ga ko‘p), 489,3 mln. dona tuxum (2,5 % ga kop), 1,4 ming t. jun (2,7 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.