07/11/2022

Namangan viloyati bo‘yicha 2022 - yilning yanvar-sentabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 13 trln. 51,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 14,3 % ga ko‘paygan. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 trln. 103,6 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 145,5 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 11 trln. 948,2 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 111,7 %). Shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 trln. 891,2 mlrd. so‘mni (16,9 % ga ko‘paydi) tashkil etdi.