07/11/2022

2022- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 22 837 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 trln. 707,6 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 trln. 230,4 mlrd. so‘ga yoki 16,0 % ga ko’paygan.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 mln. 623,4 ming so‘mga yetdi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur‘ati 113,5 % ni tashkil etdi. 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining ulushi 66,1 % ni tashkil etdi