O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 30- iyundagi 21- sonli qаrоri “Yakka tartibdagi uy-joy va hovli hududi xo‘jalik qurilishlariga aholi xarajatlarini baholash bo‘yicha uslubiy nizomi” tasdiqlangan. Mazkur nizomga asosan yilda bir marta 1-TJ so‘rovnoma “Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joy to‘grisida”gi tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish belgilangan.
Jumladan, joriy yilning 9- noyabr kuni Namangan viloyati statistikasi boshqarma boshlig'ining biringchi o‘rinbosari B. Xoliqov Norin tumanidagi 1-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, B. Xoliqov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 1-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.
Jarayonlardan fotolavhalar: