09/11/2022

Joriy yil 9- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalari bilan videokonferensaloqa tizimi orqali seminar tashkil etildi.

1-7j1a8360

Onlayn seminarda hududiy statistika boshqarmalarining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘limlari hamda tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi.

2-7j1a8353

Tadbirda viloyatlarda o‘tkazilgan kompleks o‘rganishlar natijasida aniqlangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha kamchiliklar, hududlarda amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati, aholi punktlarining xaritalarini va aholi soniga aniqlik kiritgan holda xonadonlar ro‘yxatlarini yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

3-7j1a8363

Shuningdek, seminarda hududiy statistika organlari xodimlarining aholini ro‘yxatga olishga oid qabul qilingan me’yoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlarni bilish darajasi sinovdan o‘tkazildi.

4-7j1a8367

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati