10/11/2022

Joriy yilning 1 okyabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarsoni 31 ming 442 tani tashkil etib ular tomonidan o’tgan 9 oyda 5,7 trln so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Viloyati bo’yicha chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 91,5 %ni tashkil etib, 7,1 trln. so’mlik xizmatlar ko’rsatilgan. Asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyal hajmi 6,5 trln so’mga yetib 4,2 trln. so’mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, o’tgan davirda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 186,7 million AQSh dollarlik tovar va xizmatlar eksportini hamda 363,8 million AQSh dollari miqdorida tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.