2022- yil yanvar-sentabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 812,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 397,3 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatilgan.
Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 90,6 % ni, sug‘urta xizmatlarining ulushi 6,4 % ni va yordamchi moliyaviy xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 3,0 % ini tashkil etdi. Ma’lumot o’rnida, 2022- yilning o‘tgan davrida moliyaviy xizmatlarning bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 16,9 % ni tashkil etdi.